4 Noyabr 2025 69

Oʻzbekiston chempionati sovrindorlari taqdirlanishdi

Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining birinchi kunida gʻolib va sovrindorlar aniqlandi. Unda Ixtiyor Botirov (-55 kg), Islomjon Bahromov (-63 kg), Shahzod Qoʻchqorov (-72 kg), Azim Soatullayev (-82 kg) va Qodir Jalilov (-92 kg) oʻz vazn toifalarida oltin medalni qoʻlga kiritishdi.

Musobaqaning taqdirlash marosimida MOQ rahbariyati ham ishtirok etib, shohsupaga koʻtarilgan sportchilarimizni qutladi va ularning kelgusi faoliyatida omad tiladi.

Text to speech