4 Noyabr 2025
134
Yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining ochilish marosimi oʻtkazildi
Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati start olgani haqida maʼlum qilgan edik. Biroz avval ushbu musobaqaning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi va mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etib, kurashchilarga omad tilashdi.
Eslatib oʻtamiz, bu yilgi mamlakat birinchiligida 200 nafarga yaqin kurashchi gʻoliblik uchun bahs olib bormoqda. Dasturga koʻra, bugun va ertaga 5 tadan vazn toifalarida gʻolib hamda sovrindorlar aniqlab olinadi.









