4 Noyabr 2025 97

Olimpiya shaharchasida yunon-rum kurashi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boshlandi

Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida yunon-rum kurashi boʻyicha kattalar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionati start oldi. 4-5-noyabr kunlariga belgilangan musobaqada mamlakatimizning 200 nafarga yaqin eng kuchli “klassik” kurash ustalari bahs olib borishadi.

Dasturga koʻra, bugun chempionatning ochilish marosimi oʻtkaziladi. Ushbu musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabiga yangi mavsum uchun asosiy va zaxira tarkib vakillarini koʻzdan kechirib olish imkonini taqdim qiladi.

Text to speech