1 Noyabr 2025
308
Oʻzbekiston MOQ rahbariyati Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti bilan uchrashdi
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rahbariyati Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muloqot chogʻida tomonlar futbol sohasida oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba almashish, yosh futbolchilarni qoʻllab-quvvatlash va infratuzilmani mustahkamlash kabi masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv iliq va doʻstona ruhda oʻtib, sport orqali Osiyo mintaqasida doʻstlik va birdamlikni yanada kuchaytirishga qaratilgan istiqbolli tashabbuslar bilan yakunlandi.






