1 Noyabr 2025
195
Xayr, Bahrayn! Salom, Toshkent!
Bahraynda III Osiyo yoshlar oʻyinlarining tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda Toshkent 2029-yil IV Osiyo yoshlar oʻyinlarini qabul qilishi rasman e’lon qilindi.
Marosimda Sport vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Durdona Rahimova, shuningdek, MOQ rahbariyati ishtirok etdi.
Tadbirda mamlakatimiz nomidan Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov Oʻyinlarning kelgusi mezboni sifatida rasmiylardan OOKning bayrogʻini qabul qilib oldi.





















