31 Oktyabr 2025
506
Toshkent — IV Osiyo yoshlar oʻyinlari mezboni
Bahraynda oʻtkazilgan Osiyo Olimpiya Kengashining 101-Ijroiya qoʻmitasi yigʻilishida Toshkent 2029-yilgi IV Osiyo yoshlar oʻyinlariga mezbonlik qilishi haqida qaror qabul qilindi.
Bugun III Osiyo yoshlar oʻyinlarining tantanali yopilish marosimida bu haqida rasman e’lon qilindi. Demak, Oʻzbekiston yana 4 yildan keyin qit’amizning eng kuchli yosh sportchilarini oʻzida jamlaydi.
