28 Oktyabr 2025 330

Bahrayn-2025: O'yinlar rekordini yangilagan Marjona Abdumutalova delegatsiyamizga navbatdagi oltin medalni taqdim qildi

Umidli ogʻir atletikachilarimizdan Marjona Abdumutalova Osiyo yoshlar oʻyinlarida dastlabki medaliga ega chiqdi. -58 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan hamyurtimiz das koʻtarish mashqida 88 kg bilan eng yaxshi natijani qayd etib, ushbu yoʻnalishda birinchi oʻrinni egalladi. Ahamiyatlisi, Abdumutalova ushbu koʻrsatkich evaziga Osiyo yoshlar oʻyinlari rekordini ham yangilashga muvaffaq boʻldi.

Text to speech