28 Oktyabr 2025 415

Umidjon Jalolov jahon chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi

Serbiyaning Novi Sad shahrida sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionati yakuniga yetdi. Musobaqaning soʻnggi kunida mahoratli erkin kurashchilarimizdan biri Umidjon Jalolov -65 kg vazn toifasida kumush medalga sazovor boʻldi.

Shu tariqa, mazkur musobaqada hamyurtlarimiz barcha yoʻnalishlarda 2 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.

Text to speech