26 Oktyabr 2025
510
Bahrayn-2025: Bugun 5 nafar bokschimiz yarim finalga yoʻl oldi
III Osiyo yoshlar oʻyinlari doirasida boks boʻyicha chorak final bosqichi boshlandi. Bugun ringga koʻtarilgan 6 nafar hamyurtimizning 5 tasi gʻalaba qozonib, yarim finalga yoʻl oldi.
-50 kg: Nazokat Mardonova — Maral Tolepbergen (Qozogʻiston) 5:0
-54 kg: Qumriniso Muhammadova — Vu Chiyeh-Ju (Xitoy Taypeyi) 5:0
-60 kg: Rushanabonu Isoyeva — Indira Kidirmoldayeva (Qozogʻiston) texnik nokaut
-66 kg: Ulbosin Jalgasbayeva — Nannaphat Mungpingklang (Tailand) 5:0
+80 kg: Mavjuda Abdusaidova — Anshika (Hindiston) 2:3
-46 kg: Abdugʻani Yorqinjonov — Abdurahim Ovezguliyev (Turkmaniston) 5:0
Ertaga chorak final janglari davom ettiriladi.









