26 Oktyabr 2025 580

Bahrayn-2025: Anastasiya Silchenkova ham oʻz nomini chempionlar qatoriga yozdirib qoʻydi

Umidli yengil atletikachilarimizdan biri Anastasiya Silchenkova ham Osiyo yoshlar oʻyinlarining gʻoliblari qatoridan joy oldi. Qizlar oʻrtasida 3000 metr masofaga kechgan bellashuvda hamyurtimiz 9:43.61 daqiqa vaqt bilan marraga birinchi boʻlib yetib keldi.

Text to speech