26 Oktyabr 2025 399

Jahongir Xudoyberdiyev jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi

Xitoyning Usi shahrida oʻtayotgan taekvondo WT boʻyicha jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga sazovor boʻldi. -54 kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Jahongir Xudoyberdiyev bronza medali sohibiga aylandi.

Saralashda Tailand, Meksika, Shvetsiya va Italiya vakillarini magʻlub etgan yurtdoshimiz yarim finalda janubiy koreyalik raqibiga imkoniyatni boy berdi va musobaqani uchinchi oʻrinda yakunladi.

Text to speech