Bahrayn-2025: Sportchilarimiz kunni 11 ta medal bilan yakunlashdi
Oʻzbekiston delegatsiyasi bugungi bahslarni muvaffaqiyatli tugatdi. Kun davomida sportchilarimiz 3 ta oltin, 1 ta kumush va 7 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.
Oltin:
- Avaz Anvarov (MMA, -50 kg)
- Ahadjon Muxtorov (taekvondo WT, -73 kg)
- Rushanaxon Ravshanova (taekvondo WT, -55 kg)
Kumush:
- Ibrohim Botirov (MMA, -55 kg)
Bronza:
- Kamronbek Qodirov (MMA, -65 kg)
- Abdulboriy Abdugʻofurov (MMA, -70 kg)
- Shodiyona Rahmonova (yengil atletika, 400 metrga toʻsiqlar osha)
- Abdurahmon Mamajonov (yengil atletika, uzunlikka sakrash)
- Doston Abduvaliyev (muay-tay, -45 kg, U15)
- Shahruz Davronov (muay-tay, -45 kg, U15)
- Jasmina Ochilova (muay-tay, -45 kg, U15)
Ayni paytda delegatsiyamiz 9 ta oltin, 4 ta kumush va 9 ta bronza medallari bilan Xitoydan keyin umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinda ketmoqda.







