26 Oktyabr 2025 327

Bahrayn-2025: Muay-taychilarimiz 3 ta bronza medallariga ega chiqishdi

Bugun muay-tay bo‘yicha yarim final bellashuvlari o‘tkazildi. Unda 5 nafar ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarning 2 tasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ushbu bosqichda imkoniyatni boy bergan Doston Abduvaliyev (-45 kg, U15), Jasmina Ochilova (-54 kg, U17) hamda Shahruz Davronov (-60 kg, U17) esa bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun, ushbu dasturda taqdirlash marosimi ertangi final janglaridan keyin o‘tkaziladi.

Text to speech