25 Oktyabr 2025
466
Bahrayn-2025: Shodiyona Rahmonova ikkinchi bronza medaliga ega chiqdi
Umidli yengil atletikachilarimizdan biri Shodiyona Rahmonova III Osiyo yoshlar oʻyinlarida 2-medalini qoʻlga kiritdi. Hamyurtimiz hozirgina yakunlangan 400 metrga toʻsiqlar osha yugurish dasturida bronza medali sohibiga aylandi. Eslatib oʻtamiz, Rahmonova shu yoʻnalishda 100 metrga kechgan bellashuvlarda ham marra chizigʻini 3-boʻlib kesib oʻtgan edi.



