25 Oktyabr 2025
437
Bahrayn-2025: Bugun vakillarimiz 9 sport turida ishtirok etishadi
III Osiyo yoshlar oʻyinlarining navbatdagi kun dasturida ham Oʻzbekiston delegatsiyasining bir qator sport turlaridan chiqishi oʻrin olgan. Hamyurtlarimiz kun davomida boks, muay-tay, aralash jang sanʼati turlari, taekvondo WT, kibersport, 3x3 basketbol, yengil atletika, futzal, gandbol bellashuvlarida maydonga chiqishadi.
