15 Oktyabr 2025
227
2025-yilning III choragida MOQ uchun ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha ma’lumot
Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.
2025-yilning III choragi davomida 23 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablagʻlardan mahalliy hamda xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik taʼminoti bilan bogʻliq hamda federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari moliyalashtirildi.