24 Oktyabr 2025 518

Mehroj Bahromov jahon chempionatida bronza medaliga sazovor boʻldi

Serbiyaning Novi-Sad shahrida oʻtkazilayotgan sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionatida terma jamoamiz yana bir medalni qoʻlga kiritdi. Yunon-rum kurashi boʻyicha -60 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mehroj Bahromov bronza medali bilan taqdirlandi. Sportchimiz uchinchi oʻrin uchun bahsda ozarbayjonlik sportchidan ustun keldi.

Text to speech