24 Oktyabr 2025 557

Bahrayn-2025: Yengil atletika bahslarida 4 ta medal qoʻlga kiritildi

Oʻzbekiston delegatsiyasi III Osiyo yoshlar oʻyinlarida navbatdagi medallariga sazovor boʻldi. Bugun oʻtkazilgan yengil atletika bellashuvlarida hamyurtlarimiz Nazmina Rahimjonova oltin, Muhammadaziz Nosirov hamda Shahzodbek Xolmurodov kumush, Shodiyona Rahmonova esa bronza medallariga ega chiqishdi.

 Oltin:
- Nazmina Rahimjonova (1500 metr)

 Kumush:
- Muhammadaziz Nosirov (bosqon uloqtirish)
- Shahzodbek Xolmurodov (uch hatlab sakrash)

 Bronza:
- Shodiyona Rahmonova (100 metrga toʻsiqlar osha)

Text to speech