23 Oktyabr 2025 550

Oʻzbekiston MOQ rahbariyati Shahzoda Abdulaziz bin Turki al Faysal bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi rasmiylari Islom birdamligi sport assotsiatsiyasi Prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, Saudiya Arabistoni Olimpiya va Paralimpiya qoʻmitalari rahbari Shahzoda Abdulaziz bin Turki al Faysal bilan uchrashuv oʻtkazishdi.

Unda tomonlar sport sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi tashabbuslarni amalga oshirish hamda xalqaro miqyosdagi qoʻshma loyihalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Text to speech