23 Oktyabr 2025 558

Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar oʻyinlariga rasman start berildi

Bugun Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbirda Sport vazirligi va MOQ rahbariyati ham ishtirok etib, delegatsiyalar paradida sportchilarimizni olqishlashdi.

Marosimda Azizbek Abdugʻafforov (yengil atletika) hamda Rushanaxon Ravshanova (taekvondo WT) delegatsiyamiz bayroqdori boʻlishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur musobaqada Oʻzbekiston delegatsiyasi 20 sport turida 183 nafar atlet bilan qatnashadi.

Text to speech