22 Oktyabr 2025
434
Osiyo va Afrika sporti hamkorligi yo‘lida yangi bosqich
Bugun Osiyo Olimpiya kengashi hamda Afrika Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasi rasmiylari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida sport va olimpiya harakati orqali ikki mintaqa oʻrtasida doʻstona aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, sohada rivojlanishning yangi bosqichiga chiqish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va MOQ rahbariyati qatnashdi.








