21 Oktyabr 2025 432

Buyuk Britaniyaning Westminister universiteti prezidenti, professor Piter Bonfild “Olimpiya shaharchasi” majmualari bilan tanishdi

Poytaxtimizga tashrif buyurgan xorijiy nufuzli universitetlardan biri Westminister universitetining prezidenti, professor Piter Bonfild bugun “Olimpiya shaharchasi” bilan yaqindan tanishdi.

Xorijiy mehmonga shaharchadagi "Velodrom", "Markaziy o'yingoh", "Suv sporti", "Jamoaviy sport turlari" va "Yakkakurash sport turlari" binolari va ularda yaratilgan sharoitlar bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Shundan so’ng Sport vaziri o’rinbosari Shaxrillo Mahmudov, MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirokida xorijiy delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida Davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida mamlakatimizda sport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, natijalar, O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyati bo’yicha ma’lumotlar berildi.

Shu bilan birga Piter Bonfild tomonidan Westminister va Westminister Tashkent universitetlari hamda Sport vazirligi o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha tashabbuslar ilgari surildi.

Manba: Sport vazirligi

Text to speech