20 Oktyabr 2025 681

Bahrayn-2025: Oʻzbekiston delegatsiyasi yana 4 ta medalga sazovor boʻldi

Bahraynda oʻtayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarining bugungi bahslari ham Oʻzbekiston delegatsiyasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Hamyurtlarimiz kurash va penchak silat bahslarida 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.

 Oltin:
- Madinabonu Karimova (kurash, -52 kg)
- Shohjahon Gʻolibov (kurash, -83 kg)
- Nurislom Roʻziboyev (penchak silat, -63 kg)

 Bronza:
- Feruza Bozorova (penchak silat, -55 kg)

Text to speech