Kun dayjesti: Bahraynda 2-kun, Serbiyada jahon chempionati boshlanmoqda, akademik eshkak eshuvchilarimizdan 10 ta medal
Bahraynda ikkinchi kun bellashuvlari oʻtkaziladi
Bugun Bahraynda III Osiyo yoshlar oʻyinlarining ikkinchi kun bahslari tashkil etiladi. Unda oʻzbekistonlik yosh atletlar kurash, penchak silat, gandbol va voleybol dasturlarida ishtirok etishadi. Eslatib oʻtamiz, hozirda Oʻzbekiston delegatsiyasi hisobida 2 ta oltin medali mavjud.
Serbiyada sport kurashlari boʻyicha U23 jahon chempionati boshlanmoqda
Bugun Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari boʻyicha U23 yosh toifasidagi jahon chempionati start oladi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi vakillari ham ishtirok etishadi. Dasturga koʻra, bugun yunon-rum kurashi boʻyicha 5 ta vazn toifasida saralash bellashuvlari oʻtkaziladi.
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Osiyo chempionatida 10 ta medal jamgʻarishdi
Vyetnamda akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻardi. Bu bilan sportchilarimiz umumjamoa hisobida mezbonlardan keyin 2-oʻrinni egallashdi.
Marokash futbol boʻyicha U20 jahon chempionatida gʻalaba qozondi
Chilida futbol boʻyicha U20 jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Chempionlik uchun Argentina va Marokash yoshlari bahs olib borishdi. Qiziqarli bellashuv Marokashning gʻalabasi bilan yakunlandi. Musobaqada Kolumbiya yoshlari bronza medallari bilan taqdirlandi.





