19 Oktyabr 2025 906

Bahrayn-2025: Oʻzbekiston delegatsiyasi ikkita oltin medalga sazovor boʻldi

Oʻzbekiston delegatsiyasi Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar oʻyinlarini muvaffaqiyatli boshladi. Bugun kurash dasturida ishtirok etgan hamyurtlarimiz Otabek Yoʻldoshboyev (-65 kg) hamda Durdona Tursunova (-70 kg) oltin medallarga sazovor boʻlishdi.

Tursunova finalda Qirgʻiz Respublikasi, Yoʻldoshboyev esa Eron vakilini ishonchli hisoblarda magʻlubiyatga uchratishdi.

Musobaqada qatnashadigan qolgan yurtdoshlarimizga ham mana shunday yorqin gʻalabalar tilab qolamiz!

Text to speech