19 Oktyabr 2025 845

Bahrayn-2025: Bugun sportchilarimiz ishtiroklarini boshlashadi

Bugun Bahraynda III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz ishtirokini boshlaydi. Kun davomida sportchilarimiz kurash va penchak silat boʻyicha bahs olib borishadi.

Kurashchilarimizdan Otabek Yoʻldoshboyev (-65 kg) va Durdona Tursunova (70 kg) ishtirok etishsa, penchak silat bahslarida Nurislom Roʻziboyev (-63 kg) hamda Feruza Bozorova (-55 kg) bahslarga kirishadi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi barcha sportchilarimizga boʻlajak bellashuvlarda omad va zafarlar tilaydi. Olgʻa, Oʻzbekiston!

Text to speech