18 Oktyabr 2025 476

Musa Aymuratov Istanbul Satellite turnirida bronza medalini qoʻlga kiritdi

Turkiyaning Istanbul shahrida qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Satellite tasnifidagi musobaqa oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolaridan Musa Aymuratov bronza medali bilan taqdirlandi.

Hamyurtimiz saralashda Avstriya, Turkiya va Italiya vakillarini, chorak finalda terma jamoamizning boshqa bir vakili Sardor Abdukarimbekovni magʻlubiyatga uchratishga erishdi. Biroq yarim finalda mezbon sportchilardan biriga imkoniyatni boy berdi va uchinchi oʻrinni egalladi.

Text to speech