18 Oktyabr 2025 473

Chim ustida xokkey boʻyicha Central Asia Championship turniri yakunlandi

Olimpiya shaharchasida chim ustida xokkey boʻyicha Central Asia Championship turniri yakuniga yetdi. Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari saralash bosqichlarida muvaffaqiyatli qatnashib, finalgacha yetib borishdi. Afsuski, hal qiluvchi oʻyinda yigitlarimiz Qozogʻiston, qizlarimiz esa Indoneziyaga imkoniyatni boy berishdi va kumush medallar bilan taqdirlanishdi.

Erkaklar:
1. Qozogʻiston
2. Oʻzbekiston
3. Gonkong

Ayollar:
1. Indoneziya
2. Oʻzbekiston
3. Qozogʻiston

Text to speech