17 Oktyabr 2025 834

Turkiy davlatlar vazirlari Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurishdi

Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlarning yoshlar va sport masalalari boʻyicha vazirlarining IX yigʻilishi doirasida delegatsiya aʼzolari poytaxtimizda qad rostlagan Olimpiya shaharchasida ham boʻlishdi. Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov mehmonlarga majmuadagi obyektlarda yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Tashrif davomida rasmiylar Olimpiya shaharchasida oʻtkazilayotgan chim ustida xokkey boʻyicha Central Asia Championship musobaqasining final bellashuvlari hamda yigʻin oʻtkazayotgan sportchilarimizning mashgʻulotlarini ham tomosha qildilar.

Text to speech