17 Oktyabr 2025 976

Turkiy davlatlarning yoshlar va sport yoʻnalishidagi vazirlari Toshkentda jam boʻlishdi

Bugun Olimpiya va Paralimpiya shon-shuhrati muzeyida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning yoshlar va sport yoʻnalishlariga mas’ul vazirlarining IX yigʻilishi oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Sport boʻyicha vakili Odil Abduraxmanov, Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi va MOQ rahbariyati, shuningdek, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasining ushbu yoʻnalishdagi vazirlari, Vengriyaning Oʻzbekistondagi konsuli, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari ishtirok etishdi.

Rasmiylar oʻz nutqlarida sohadagi rivojlanish yoʻlida mazkur yigʻilishning ahamiyati, yirik musobaqalarga tayyorgarlik oldidan terma jamoalar ishtirokida qoʻshma yigʻinlar tashkil qilish muhimligini ta’kidlashdi.

<iframe width="100%" height="634" src="https://www.youtube.com/embed/Q2kf_XT9mOQ" title="Turkiy davlatlarning yoshlar va sport yoʻnalishidagi vazirlari Toshkentda jam boʻlishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>
Text to speech