17 Oktyabr 2025 835

Bahraynda O‘zbekiston delegatsiyasining shtabi o‘z faoliyatini boshladi

Bahrayn-2025 III Osiyo yoshlar o‘yinlari startiga sanoqli kunlar qoldi. O‘zbekiston delegatsiyasining dastlabki ishchi guruhi Manama shahriga yetib bordi va faoliyatini boshladi.

Musobaqada birinchilardan bo‘lib startga chiqadigan ot sporti bo‘yicha yoshlar terma jamoamiz a’zolari belgilangan manzilga yetib kelishdi. Bugun delegatsiyaning yana bir qismi yetib borishi kutilmoqda. O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ajratilgan binoda sportchilarimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Text to speech