16 Oktyabr 2025
904
MOQda “Bodygen Medical” mutaxassislari yangicha texnologiyalar haqida taqdimot oʻtkazishdi
Bugun Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida “Bodygen Medical” kompaniyasi mutaxassislari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Tadbirda Sport vazirligi, MOQ, Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi hamda terma jamoalar shifokorlari ishtirok etishdi. Unda sport tibbiyoti sohasidagi soʻnggi ilgʻor texnologiyalar haqida fikr almashildi.
Mehmonlar oʻz ish faoliyatlarida raqamli yechimlar va sunʼiy intellektni joriy etish orqali samaradorlikni oshirish boʻyicha taqdimot oʻtkazishdi. Shuningdek, Oʻzbekiston va Koreya Respublikasining yetakchi sport shifokorlari oʻrtasida tajriba almashish yoʻnalishidagi ustuvor rejalar muhokama qilindi.
<iframe width="100%" height="634" src="https://www.youtube.com/embed/moa3Dg5XZPY" title="MOQda “Bodygen Medical” mutaxassislari yangicha texnologiyalar haqida taqdimot oʻtkazishdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>





