14 Oktyabr 2025
873
Stol tennisi boʻyicha Oʻzbekiston erkaklar terma jamoasi jahon chempionatiga yoʻllanma oldi
Hindistonning Bxubanesvar shahrida stol tennisi boʻyicha jamoaviy yoʻnalishda Osiyo chempionati oʻtkazilayotgani haqida maʼlum qilgan edik. Unda qatnashgan Oʻzbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari oʻz ishtiroklarini yakunladi.
Ahamiyatlisi, musobaqada 15-oʻrinni egallagan yigitlarimiz kelasi yil Angliyaning London shahrida tashkil etiladigan jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Afsuski, qizlarimiz qayd etgan 16-natija dunyo birinchiligiga yoʻl olish uchun yetarli boʻlmadi.
