14 Oktyabr 2025
895
Akademik eshkak eshuvchilarimiz Vyetnamda Osiyo chempionatiga tayyorlanishmoqda
16-19-oktyabr kunlari Vyetnamda akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Xayfon shahri mezbonlik qilayotgan musobaqada qitʼamizning 18 mamlakatidan 232 nafar sportchi ishtirok etadi.
Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasining maʼlumotiga koʻra, mazkur chempionatda terma jamoamizning 23 nafar aʼzosi yurtimiz sharafini himoya qiladi. Hozirda sportchilarimiz Xayfon shahrida soʻnggi tayyorgarlik mashgʻulotlarini olib borishyapti.
