13 Oktyabr 2025 1040

Nenad Lalovich sport tashkilotlarining rahbarlari bilan muzokara oʻtkazdi

Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich kun davomida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasida boʻldi. Tashrif doirasida Oʻzbekiston va UWW oʻrtasidagi hamkorlikni yanada izchil yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Sport vazirligi, MOQ va Oʻzbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirokida kechgan uchrashuvda oʻzaro hamkorlikning yangi bosqichlari muhokama qilindi. Suhbat davomida terma jamoalar uchun yanada qulayliklar yaratish, xalqaro tashkilotda oʻzbekistonlik mutaxassislarning sonini koʻpaytirish va ularning malakasini oshirish kabi mavzularga ham toʻxtalib oʻtildi.

Janob Lalovich MOQning Martabali mehmonlar kitobiga oʻzining samimiy tilaklarini yozib qoldirdi. Shuningdek, u tadbir yakunida sentyabr oyida Xorvatiyada oʻtgan jahon chempionatida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarimiz hamda ularning murabbiylari bilan uchrashdi. Ularga davlat tomonidan tegishli pul mukofotlari topshirilib, jahon chempioni Aytjan Xalmaxanovga BYD avtomashinasi taqdim qilindi.

Text to speech