13 Oktyabr 2025
724
Nenad Lalovich Olimpiya shaharchasidagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi
Ayni kunlarda poytaxtimizda mehmon boʻlib turgan Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich bugun Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi. Martabali mehmonni Sport vazirligi va MOQ rahbariyati qarshi oldi.
Rasmiylar UWW Prezidentiga shaharchaning imkoniyatlari, mehmonlarga yaratilgan sharoitlar va qulayliklar xususida batafsil maʼlumot berishdi. Shuningdek, ushbu majmuada xalqaro musobaqalarni oʻtkazish boshlab yuborilgani maʼlum qilindi.
Mazkur kompleks Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi aʼzosi ham hisoblangan janob Lalovichda yorqin taassurot qoldirdi.














