13 Oktyabr 2025 651

Kun dayjesti: Bugun Oʻzbekiston va Urugvay oʻynaydi, dzyudochilarimizdan 16 ta medal, ogʻir atletika boʻyicha JCHda TOP-5 damiz

Bugun Oʻzbekiston va Urugvay jamoalari oʻynaydi

Bugun futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Malayziyada Urugvayga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazadi. Melaka shahridagi “Hang Jebat” stadionida tashkil etiladigan bahs Toshkent vaqti bilan 17:45 da start oladi.

Dzyudochilarimiz Oqtoudagi xalqaro turnirda 16 ta medal jamgʻarishdi

Qozogʻistonning Oqtou shahrida dzyudo boʻyicha xalqaro musobaqa oʻtkazildi. Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medallarini jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Ushbu natija bilan dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Joʻrayev va Nurudinovning medallari bilan jahon chempionatida kuchli beshlikdan joy oldik

Norvegiyaning Fyorde shahrida ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionati oʻz yakuniga yetdi. Musobaqada ikki nafar sportchi bilan ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi ikki kurash hisobidagi natijalar boʻyicha 1 ta oltin va 1 ta bronza medallar bilan beshinchi, alohida mashqlar boʻyicha esa 3 ta oltin hamda 2 ta bronza medallari bilan yettinchi natijani qayd etdi.

Text to speech