10 Oktyabr 2025 440

Tashkent City Mall mehmonlari uchun ajoyib yangilik!

Ushbu savdo markazining 3-qavatida Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasining interaktiv ma'lumotlar shoxobchasi faoliyat yuritmoqda!

Bu yerda siz:
– Olimpiya oʻyinlari tarixiga nazar solib, Oʻzbekistonda Olimpiya harakati qanday rivojlanayotganini bilib olasiz;
– Atletlarimizning gʻalabalari va sportdagi ilhomlantiruvchi lahzalarga guvoh boʻlasiz;
– Eng asosiysi – shu joyning oʻzida farzandlaringizni yashash manzilingizga yaqin boʻlgan sport maktabining toʻgaragiga yozdirishingiz mumkin!

Text to speech