12 Oktyabr 2025
640
UWW Prezidenti Nenad Lalovich Toshkentda
Birlashgan kurash dunyosi (UWW) Prezidenti Nenad Lalovich Oʻzbekistonga keldi. Martabali mehmonni Sport vazirligi, MOQ va mamlakat sport kurashlari assotsiatsiyasi rahbariyati kutib oldi.
Janob Lalovich yurtimizga safari davomida mamlakatimizda Olimpiya harakati, xususan, sport kurashlari rivoji boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishishi, rasmiylar bilan oʻzaro hamkorlik masalalari boʻyicha uchrashuvlar oʻtkazishi rejalashtirilgan.





