11 Oktyabr 2025 634

Konkur boʻyicha Oʻzbekiston kubogi oʻtkazildi

7-10-oktyabr kunlari poytaxtimizda ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi boʻlib oʻtdi. Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.

Bellashuvlarda Begzod Roʻzmuhammedov, Xurshidbek Alimjonov, Dilshod Mamadaliyev, A’zam Tolibboyev, Asalxon Saidahmedova, Miryoqub Ismoilov kabi sportchilar turli yoʻnalishlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.

Text to speech