11 Oktyabr 2025
655
Stol tennischilarimiz jamoaviy Osiyo chempionatida qatnashishmoqda
Bugun Hindistonning Bxubanesvar shahrida stol tennisi boʻyicha jamoaviy Osiyo chempionati start oldi. Mazkur turnirda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari ham ishtirok etmoqda.
Qurʼaga koʻra, yigitlarimiz Singapur va Oʻmon, qizlarimiz esa Xitoy Taipeyi, Makao va Bangladesh jamoalari bilan bir guruhdan oʻrin olishgan.
