11 Oktyabr 2025
594
Sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionatida qatnashadigan tarkibimiz ma’lum
19-25-oktyabr kunlari Indoneziyaning Jakarta shahrida sport gimnastikasi boʻyicha jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etishadi.
Mamlakat gimnastika federatsiyasining ma’lum qilishicha, dunyo birinchiligida quyidagi sportchilarimiz qatnashishadi:
Erkaklar: Rasuljon Abdurahimov va Abdulaziz Mirvaliyev.
Ayollar: Dildora Aripova va Shahinabonu Yusupova
