11 Oktyabr 2025 1030

Akbar Joʻrayev — uch karra jahon chempioni!

Ogʻir atletikachimiz Akbar Joʻrayev (-110 kg) Norvegiyada oʻtayotgan jahon chempionatida mutlaq chempionlikka erishdi.

Dast koʻtarishda jahon rekordi bilan oltin medalga ega chiqqan Joʻrayev siltab koʻtarishda 232 kg va umumiy hisobda 428 kg bilan mutlaq chempionlikka erishdi.

Ruslan Nurudinov esa siltab koʻtarishda 228 va ikki kurash yakuniga koʻra 414 bilan 2 ta bronza medaliga ega chiqdi.

Text to speech