10 Oktyabr 2025
543
Akbar Joʻrayev dast koʻtarish mashqida jahon rekordini oʻrnatdi
Norvegiyaning Fyorde shahrida oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida hamyurtlarimiz Akbar Joʻrayev va Ruslan Nurudinov ishtiroklarini boshlashdi.
-110 kg vazn toifasidagi bellashuvning dast koʻtarish mashqida Akbar Joʻrayev 196 kg bilan oltin medalni qoʻlga kiritish barobarida jahon rekordini ham oʻrnatdi. Ruslan Nurudinov esa 186 kg bilan toʻrtinchi boʻldi.
Birozdan keyin siltab koʻtarish mashqi boshlanadi.

