10 Oktyabr 2025 670

Iqtidorli yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun Yoshlar ijod saroyida ijodkor va sportchi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev boshchiligida oʻtgan tadbirda tegishli tashkilotlarning mutasaddi rahbarlari ham ishtirok etishdi.

Uchrashuvda qatnashgan MOQ raisi oʻrinbosari Sherzod Tashmatov sport sohasida yurtimiz yoshlari uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida toʻxtalib oʻtdi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan bu yildan oʻtkazila boshlangan “Yangi Oʻzbekiston Olimpiya choʻqqilari” ommaviy musobaqasi oʻsib kelayotgan avlodning oʻz imkoniyatlarini koʻrsatish uchun sport yoʻnalishidagi ajoyib loyiha boʻlganini taʼkidladi.

Tadbir davomida bevosita ishtirok etgan va yurtimizning turli chekkalaridan onlayn kuzatib borgan yoshlar bilan turli mavzularda savol-javoblar tashkil etildi.

Text to speech