10 Oktyabr 2025
679
Short-trekchilarimiz Jahon kubogining ilk bosqichida qatnashishmoqda
Shu kunlarda Kanadaning Monreal shahrida short-trek boʻyicha Jahon kubogining birinchi bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Milan-Kortina-2026 qishki Olimpiya oʻyinlari litsenziyasi uchun reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari Daniil Yeybog hamda Denis Ayrapetyan ishtirok etishyapti.
Hozirda sportchilarimiz 500, 1000 va 1500 metr masofalarda saralash bosqichlarida bahs olib borishmoqda.
