9 Oktyabr 2025 799

“Sport tibbiyoti: kecha, bugun, ertaga” xalqaro anjumani ish boshladi

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi (RSTIAM) tashkil etilganining 10-yilligiga bagʻishlab “Sport tibbiyoti: kecha, bugun, ertaga” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani oʻz ishini boshladi. Bugun Sogʻliqni saqlash vazirligi, MOQ va RSTIAM, shuningdek, Xalqaro sport tibbiyoti federatsiyasi rahbariyati ishtirokida mazkur tadbirning ochilish marosimi oʻtkazildi.

Tadbirda soʻz olgan rasmiylar mamlakatimizda sport tibbiyotining rivojlanish tarixi, terma jamoalarimizning bugungi gʻalabalarida sohaning oʻrni haqida toʻxtalib oʻtishdi.

Dasturga koʻra, bugun mahalliy va xorijiy shifokorlar fiziologiya va reabilitatsiya yoʻnalishlaridagi oʻz ilmiy ishlari haqida taqdimot oʻtkazishi koʻzda tutilgan. Ertangi kun dasturidan esa amaliy jarayonlar oʻrin olgan.

Text to speech