8 Oktyabr 2025
612
Sinxron suzuvchilarimiz Osiyo chempionatida 8 ta medalni qoʻlga kiritishdi
Hindistonning Ahmadobod shahrida suv sporti turlari boʻyicha Osiyo chempionati davom etmoqda. Mazkur musobaqada sinxron suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli qatnashdi. Sportchilarimiz murosasiz bahslar davomida 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamgʻarishdi.
Oltin:
— Erkin duet;
— Texnik duet.
Kumush:
— Texnik solo (ayollar).
Bronza:
— Erkin mashq (jamoaviy);
— Texnik mashq (jamoaviy);
— Texnik mikst;
— Erkin solo (ayollar);
— Akrobatik mashq (guruh).





