8 Oktyabr 2025 591

Yosh dzyudochilarimiz jahon chempionatining yakkalik bahslarida 6 ta medal jamgʻarishdi

Peruda dzyudo boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining yakkalik bellashuvlari yakuniga yetdi. Ogʻir vazn toifasida kechgan bellashuvlarda Oʻzbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Kumush medalni +78 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nigʻmatova keltirgan boʻlsa, Alisher Samanov (-90 kg) va Muhammadali Zoirov (-100 kg) bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.

Shu tariqa, sportchilarimiz yakkalik bahslarini 1 ta kumush va 5 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Dasturga koʻra, bugun aralash jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

Text to speech