8 Oktyabr 2025 564

MDH oʻyinlari: Oltin medallarimiz 25 taga yetdi

Ozarbayjonda III MDH oʻyinlari yakuniga yetib bormoqda. Ortda qolgan kun Oʻzbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medallariga sazovor boʻldi.

Oltin:
- Javohir Sharifboyev (yunon-rum kurashi, -45 kg)
- Farid Karomov (yunon-rum kurashi, -48 kg)
- Abdulaziz Xolmirzayev (yunon-rum kurashi, -80 kg)

Kumush:
- Saidamir Neʼmatov (yunon-rum kurashi, -110 kg)
- Chavgon boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi

Bronza:
- Azizbek Barlikbayev (yunon-rum kurashi, -65 kg)
- Faxrikamol Komiljonov (yunon-rum kurashi, -92 kg)
- Qilichbozlik (shpaga, yigitlar jamoaviy)
- Qilichbozlik (sablya, qizlar jamoaviy)
- Badiiy gimnastika (bulava, jamoaviy)

Ayni paytda Oʻzbekiston delegatsiyasidagi medallar 25 ta oltin, 33 ta kumush va 60 ta bronzani tashkil etmoqda. Bugun musobaqada soʻnggi kun bellashuvlari oʻtkaziladi.

Text to speech